A-Pay bilan hamkorlik kengaytirilmoqda, elektron pullar emissiyasi doirasida qo‘shma loyiha | Yangiliklar | Hamkorbank
Hamkorbank va A-Pay hamkorlik

Hamkorbank va A-Pay hamkorlikni kengaytirib, elektron pullar emissiyasi doirasida qo‘shma loyihaga kirishmoqda

16 / 01 / 2025

"Hamkorbank" ATB raqamli to‘lovlar sohasidagi yetakchi xizmatlardan biri bo‘lgan "A-Pay" kompaniyasi bilan hamkorlikda aloqalarni kengaytirish va elektron pullar emissiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirishga kirishganliklari haqida e’lon qildi.

Elektron pullardan foydalanishning asosiy afzalligi moliyaviy xizmatlardan tez va qulay foydalanishdir. Foydalanuvchilar o‘z hisob raqamlari o‘rtasida osonlik bilan pul o‘tkazishlari, onlayn tarzda tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari, shuningdek, boshqa foydalanuvchilardan to‘lovlarni qabul qilishlari mumkin.

"Hamkorbank A-Pay bilan hamkorlikni davom ettirishdan mamnun. A-Pay bilan hamkorlik munosabatlarining yangi bosqichi A-Pay to‘lov ilovasida elektron pullar emissiyasiga oid loyiha bo‘ldi. Umid qilamizki, Ushbu to‘lov ilovasi mijozlari qo‘shma loyihamiz sifatidan mamnun bo‘lishadi va uning qulayligini munosib baholashadi," - dedi hamkorlik xizmati direktori Iskandar Axmedov.

Elektron pullar O‘zbekistonning moliyaviy inklyuzivligi, iqtisodiy o‘sishi va raqamli transformatsiyasining kalitidir. Ular yanada qulay, shaffof va samarali moliyaviy tizimni yaratish imkonini beradi. Ikkala hamkor ham loyihaning muvaffaqiyatiga ishonch bildirdi va umumiy maqsadlarga erishish uchun birgalikda ishlashga tayyor ekanliklarini ta’kidladi.

"Biz O‘zbekistonda raqamli to‘lovlar bozorini rivojlantirishga hissa qo‘shayotganimizdan mamnunmiz. Hamkorbank bilan qo‘shma loyiha to‘lovlarni keng doiradagi foydalanuvchilar uchun yanada qulay va oson qilish imkonini beradi. Elektron pullar - bu moliyaviy xizmatlarning kelajagi va biz bu jarayonning bir qismi ekanimizdan faxrlanamiz. Ishonchim komilki, bizning hamkorligimiz moliyaviy texnologiyalar sohasida muvaffaqiyatli hamkorlikka namuna bo‘ladi," - dedi A-Pay bosh direktori Andrey Ko.


O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play