AKSIYADORLAR DIQQATIGA!
Chet el kapitali ishtirokidagi
«Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki
AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuning 13-modda talabiga muvofiq, 2023-yil 26-may kungi Bank aksiyadorining yillik umumiy yig‘ilishida bank ustav kapitalini 107.77 mlrd so’mdan 323.32 mlrd so’mga yetkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan.
Mazkur qarorga asosan bank ustav kapitalini oshirish bankning taqsimlanmagan foydasi hisobidan amalga oshirilishi belgilangan bo’lib, ushbu aksiyalar chiqariluvi 2023-yil 07-avgust kuni qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organi tomonidan ro’yxatdan o’tkazildi.
Ushbu aksiyalarni joylashtirish jarayoni aksiyalar davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan boshlab 10-kun, ya’ni 2023-yil 16-avgust kun oxiriga shakllantirilgan aksiyadorlar reestridagi mavjud aksiyadorlar o’rtasida yopiq obuna usulida, har bir dona aksiya egasiga ushbu tipdagi qo’shimcha ikki donadan aksiyalar berilishi orqali amalga oshirildi.
Yuqoridagilarga muvofiq bank Boshqaruvi tomonidan aksiyadorlarga qo‘shimcha berilgan aksiyalar «Soliq kodeksi»ning 41-moddasiga asosan soliq solish obyekti hisoblanganligi xamda ushbu hisoblangan soliq summasini to‘lashdan jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 yanvar kungi 90-sonli qaroriga asosan ozod qilinganligi sababli, 2023-yil 16-avgust kun oxiridagi bank aksiyadorlari reestrida qayd qilingan aksiyadorlarning soliq imtiyoz summasini ularning o’zlariga to‘lab berilishini ma’lum qiladi.
Xurmatli soliq imtiyozi mavjud bo’lgan bank aksiyadorlari — shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat nusxasini ilova qilgan holda bankka soliq imtiyozi joriy qilingan mablaglarni olish yuzasidan ariza bilan murojaat qilishingizni so’raymiz.
Shuningdek aksiyadorlar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan 170 119, O‘zbekiston Respublikasi, Andijon shahri, Bobur shoh ko‘chasi 85-uy manzilida joylashgan bankning bosh ofis binosida haftaning ish kunlari soat 900 dan 1700 gacha bo’lgan vaqt davomida tanishishlari mumkin.
Elektron pochta manzili: muloqot@hamkorbank.uz.
Murojaat uchun telefonlar: 0 800 1−200−200, 78−298−04−33, 78−298−10−10.
«Hamkorbank» ATB Kengashi