Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Hurmatli aksiyadorlar!

Hurmatli aksiyadorlar!

27.11.2024
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi:

Andijon shahar, Bobur shoh ko‘chasi, 85-uy manzili bo‘yicha joylashgan (elektron pochta manzili: muloqot@hamkorbank.uz, veb-sayt: www.hamkorbank.uz) Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki 2024-yil 18-dekabr kuni soat 15:00 da Andijon shahar, Bobur shoh ko‘chasi, 85-uyda joylashgan «Hamkorbank» Bosh ofisi binosida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazadi.

Aksiyadorlarni va/yoki uning vakillarini ro‘yxatga olish soat 14:00 da boshlanadi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qilish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2024-yil 25-noyabr.

Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2024-yil 12-dekabr.

KUN TARTIBIDAGI MASALALAR:

  1. Bankning 2023-yil yakunlari bo’yicha imtiyozli aksiyalari uchun dividendlar to’lash.
  2. Bank ustaviga o’zgartirishlar kiritish.
  3. Bank Kengashi tarkibiga o’zgartirishlarni tasdiqlash.
  4. Bank Boshqaruvining potentsial investorlarga aksiyalarni xususiy joylashtirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, xalqaro bozorlarda IPO o‘tkazishga tayyorgarlik holati to‘g‘risidagi hisobotini eshitish.

Aksiyador — yuridik shaxs aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etishni boshqa shaxsga ishonish huquqiga ega. Bunda aksiyador vakili ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan, uning raxbarning imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) bilan tasdiqlangan ishonchnomani taqdim etishi shart.

Aksiyador — jismoniy shaxs pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga, uning vakili esa notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo‘lishi shart.

«Hamkorbank» ATB aksiyadorlarning navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlangan axborot materillar bilan bankning Bosh ofisida tanishish mumkin. Telefon: (78) 298−04−33.

«Hamkorbank» ATB Kengashi


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026