Hurmatli aksiyadorlar!
Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki
aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi
o’tkazilishini ma’lum qiladi:
Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki 2025-yil 29-avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da Andijon shahar, Bobur shoh ko’chasi, 85-uyda joylashgan «Hamkorbank» ATB Bosh ofisi binosida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishini o’tkazadi (elektron pochta manzili: contact@hamkorbank.uz, veb-sayt: www.hamkorbank.uz).
Aksiyadorlarni va/yoki uning vakillarini ro’yxatga olish: 14:00 dan -14:50 gacha.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishi o’tkazilishi to’g’risida xabardor qilish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2025-yil 7-avgust.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2025-yil 25-avgust.
KUN TARTIBIDAGI MASALALAR:
- Bankning 2024-yil yakunlari bo’yicha foydasini taqsimlash.
- Bank aksiyalariga 2024-yil yakunlari bo‘yicha dividend to‘lash.
- Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
Aksiyador — yuridik shaxs aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig’ilishida ishtirok etishni boshqa shaxsga ishonish huquqiga ega. Bunda aksiyador vakili ro’yxatdan o’tish chog’ida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan, uning raxbarning imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri (muhr mavjud bo’lgan taqdirda) bilan tasdiqlangan ishonchnomani taqdim etishi shart.
Aksiyador — jismoniy shaxs pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga, uning vakili esa notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo’lishi shart.
«Hamkorbank» ATB aksiyadorlarning umumiy yig’ilishini o’tkazishga tayyorlangan axborot materillari bilan bankning Bosh ofisida shuningdek aloqa vositasi orqali tanishish mumkin.
Telefon nomer (78) 298−04−33.
«Hamkorbank» ATB Kuzatuv Kengashi