Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” ATB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini oʻtkazish kuniga oʻzgartirish kiritilishi toʻgʻrisidagi xabarnoma

Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» ATB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish kuniga o‘zgartirish kiritilishi to‘g‘risidagi xabarnoma

28.11.2023
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Hurmatli aksiyadorlar!

Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki Kuzatuv kengashining 2023-yil 27-noyabr kungi qaroriga muvofiq 2023-yil 11-dekabr kuni soat 15:00 da o‘tkazilishi rejalashtirilgan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibiga o‘zgartirish kiritilmagan holda 2023-yil 18-dekabr kuni soat 14:00 da Andijon shahar, Bobur shox ko‘chasi, 85-uyda joylashgan «Hamkorbank» ATB Bosh ofisi binosida (elektron pochta manzili: muloqot@hamkorbank.uz, veb-sayt: www.hamkorbank.uz) o‘tkazilishi belgilanganligini ma’lum qilamiz.

Aksiyadorlarni va/yoki uning vakillarini ro‘yxatga olish soat 13:00 da boshlanadi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qilish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2023-yil 27-noyabr.

Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2023-yil 13-dekabr.

«Hamkorbank» ATB Kengashi


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026