Hurmatli aksiyadorlar!
Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki
aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi:
Andijon shahar, Bobur shox ko‘chasi, 85-uy manzili bo‘yicha joylashgan (elektron pochta manzili: muloqot@hamkorbank.uz, veb-sayt: www.hamkorbank.uz) Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki 2023-yil, 11-dekabr kuni soat 15:00 da Andijon shahar, Bobur shox ko‘chasi, 85-uyda joylashgan «Hamkorbank» Bosh ofisi binosida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazadi.
Aksiyadorlarni va/yoki uning vakillarini ro‘yxatga olish soat 14:00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qilish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2023-yil 13-noyabr.
Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2023-yil 06-dekabr.
KUN TARTIBIDAGI MASALALAR:
Bankning ustav kapitalini ko‘paytirish to‘g‘risida.
Bankning e’lon qilingan aksiyalarining eng ko’p miqdorini belgilash.
Ustav kapitalini kelgusida oshirish, shuningdek, ustav kapitalini oshirish va ustav aksiyalari sonini kamaytirish bilan bog‘liq Ustavga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish vakolatlarini Bank Kengashiga o‘tkazish.
Bank ustaviga o‘zgartirishlar kiritish.
Aksiyador — yuridik shaxs aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etishni boshqa shaxsga ishonish huquqiga ega. Bunda aksiyador vakili ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan, uning raxbarning imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) bilan tasdiqlangan ishonchnomani taqdim etishi shart.
Aksiyador — jismoniy shaxs pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga, uning vakili esa notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo‘lishi shart.
«Hamkorbank» ATB aksiyadorlarning navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlangan axborot materillar bilan bankning Bosh ofisida tanishish mumkin. Telefon nomer (78) 298−04−33.
«Hamkorbank» ATB Kengashi