Hurmatli aksiyadorlar!
Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki
aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig’ilishi
o’tkazilishini ma’lum qiladi:
Andijon shahar, Bobur shoh ko’chasi, 85-uy manzili bo’yicha joylashgan (elektron pochta manzili: muloqot@hamkorbank.uz, veb-sayt: www.hamkorbank.uz) Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki 2025-yil 19-may kuni soat 15:00 da Andijon shahar, Bobur shoh ko’chasi, 85-uyda joylashgan «Hamkorbank» ATB Bosh ofisi binosida aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig’ilishini o’tkazadi.
Aksiyadorlarni va/yoki uning vakillarini ro’yxatga olish soat 14:00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishi o’tkazilishi to’g’risida xabardor qilish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2025-yil 21-aprel.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2025-yil 13-may.
KUN TARTIBIDAGI MASALALAR:
- Bank Boshqaruvining 2024-yil yakunlari bo’yicha faoliyati to’g’risidagi hisoboti.
- Bank Kengashining 2024-yil yakunlari bo’yicha faoliyati to’g’risidagi hisoboti.
- Bankning 2024-yilgi faoliyati bo’yicha tashqi auditorning auditorlik xulosasini eshitish va Bankning 2024-yil yakuni bo’yicha moliyaviy hisobotini tasdiqlash.
- 2025-yilda Bank faoliyatini majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tayinlash, ushbu tashkilot xizmatlari uchun to‘lanadigan eng ko’p xaq miqdorini belgilash.
- Bankning 2024-yil yakuni bo’yicha foydasini taqsimlash.
- 2024-yil yakunlari bo‘yicha bank aksiyalari bo‘yicha dividendlar to‘lash.
- Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
- Bankning «umidsiz» aktivlarini undirish bo’yicha bank tomonidan qo’llanilayotgan chora-tadbirlar to’g’risida.
- Egasi yoki egasining qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxo‘ri tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividendlarni bankning taqsimlanmagan foydasiga qaytarish.
- Bank Kuzatuv Kengashi a’zolarini saylash.
- Bank Kengashining 2025-yil uchun byudjetini tasdiqlash.
Aksiyador — yuridik shaxs aksiyadorlarning umumiy yig’ilishida ishtirok etishni boshqa shaxsga ishonish huquqiga ega. Bunda aksiyador vakili ro’yxatdan o’tish chog’ida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan, uning raxbarning imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri (muhr mavjud bo’lgan taqdirda) bilan tasdiqlangan ishonchnomani taqdim etishi shart.
Aksiyador — jismoniy shaxs pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga, uning vakili esa notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo’lishi shart.
«Hamkorbank» ATB aksiyadorlarning umumiy yig’ilishini o’tkazishga tayyorlangan axborot materillar bilan bankning Bosh ofisida tanishish mumkin. Telefon nomer (78) 298−04−33.
«Hamkorbank» ATB Kuzatuv Kengashi