Hurmatli aksiyadorlar!
Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi
o‘tkazilishini ma’lum qiladi:
Andijon shahar, Bobur shox ko‘chasi, 85-uy manzili bo‘yicha joylashgan (elektron pochta manzili: muloqot@hamkorbank.uz, veb-sayt: www.hamkorbank.uz) Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki 2024-yil 17-may kuni soat 15:00 da Andijon shahar, Bobur shox ko‘chasi, 85-uyda joylashgan «Hamkorbank» Bosh ofisi binosida aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazadi.
Aksiyadorlarni va/yoki uning vakillarini ro‘yxatga olish soat 14:00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qilish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2024-yil 19-aprel.
Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2024-yil 13-may.
KUN TARTIBIDAGI MASALALAR:
- Bank Boshqaruvining 2023yil yakunlari bo’yicha faoliyati to’g’risidagi hisoboti.
- Bank Kengashining 2023 yil yakunlari bo’yicha faoliyati to’g’risidagi hisoboti.
- Bankning 2023 yilgi faoliyati bo’yicha tashqi auditorning auditorlik xulosasini eshitish va Bankning 2023 yil yakuni bo’yicha moliyaviy hisobotini tasdiqlash.
- Bank faoliyatining 2024 yil uchun majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tayinlash, ushbu tashkilotning xizmatlari uchun to‘lanadigan eng ko’p xaq miqdorini belgilash.
- Bankning 2023-yil yakuni bo’yicha foydasini taqsimlash.
- 2023-yil yakunlari bo‘yicha bank aksiyalari bo‘yicha dividendlar to‘lash.
- «Hamkorbank» ATBning 2024−2026 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash.
- Bank Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to’g’risida.
- «Hamkorbank» ATB Aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida"gi nizomni yangi tahrirda tasdiqlash.
- «Hamkorbank» ATB Kuzatuv kengashi to‘g‘risida"gi nizomni yangi tahrirda tasdiqlash.
- «Hamkorbank» ATB Boshqaruvi to‘g‘risida"gi nizomni yangi tahrirda tasdiqlash.
- Bankning «umidsiz» aktivlarini undirish va ularni hisobdan chiqarish bo‘yicha bank tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida.
- Egasi yoki egasining qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxo‘ri tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividendlarni bankning taqsimlanmagan foydasiga qaytarish.
- Bank Kengashi tarkibidagi o‘zgarishlarni tasdiqlash.
- Bank Kengashining 2024-yil uchun xarajatlar smetasini tasdiqlash.
Aksiyador — yuridik shaxs aksiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig‘ilishida ishtirok etishni boshqa shaxsga ishonish huquqiga ega. Bunda aksiyador vakili ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida tegishli tartibda rasmiylashtirilgan, uning raxbarning imzosi va ushbu yuridik shaxsning muhri (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) bilan tasdiqlangan ishonchnomani taqdim etishi shart.
Aksiyador — jismoniy shaxs pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga, uning vakili esa notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo‘lishi shart.
«Hamkorbank» ATB aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlangan axborot materillar bilan bankning Bosh offisida tanishish mumkin. Telefon nomer (78) 298−04−33.
«Hamkorbank» ATB Kengashi