Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Asian Banking & Finance «Hamkorbank»ni O’zbekistonning kichik va o’rta biznes uchun 2013 yilning eng yaxshi banki deb e’tirof etdi

Asian Banking & Finance «Hamkorbank»ni O’zbekistonning kichik va o’rta biznes uchun 2013 yilning eng yaxshi banki deb e’tirof etdi

21.07.2013
3 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

2013 yilning 18 iyul kuni Osiyo mintaqasidagi nufuzli nashrlardan biri Asian Banking & Finance 200 dan ziyod yirik moliya institutlari orasida o’tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko’ra «Hamkorbank»ni «Ozbekistonning kichik va o’rta biznes uchun 2013 yilning eng yaxshi banki» (SME Bank of the Year — Uzbekistan) deb e’lon qildi. Taqdimot marosimi Singapurning muhtasham Shangri mehmonhonasida bo’lib o’tdi.

Bir necha yillardan beri Asian Banking & Finance jurnali tomonidan bank va moliya muassasalarining eng yaxshilarini saralash an’anaga aylanib ulgurgan. Ekspertlarning fikricha, «Hamkorbank» yuksak darajadagi sifat ko’rsatkichi hamda kichik va o’rta biznes bo’yicha tez sur’atlarda bosqichma-bosqich tobora rivojlanib borayotgan O’zbekistonning yetakchi moliya institutidir. Reyting ishtirokchilarini baholashda nafaqat ularning moliyaviy ko’rsatkichlar bazasi, balki Asian Banking & Finance nuqtai nazarida Bankning umumiy strategiyasi, bank xizmatlari yo’nalishidagi innovatsiyalari va ularning samaradorligi, zamonaviy mahsulotlar dinamikasi kabi muhim jihatlarga e’tibor qaratildi.
Ta’kidlash joizki, ommaviy nashrlarning yuqoyi baho berishi va e’tiroflari sonining tobora ko’payotganidan xalqaro biznes — hamjamiyatlari vakillarining «Hamkorbank»ka nisbatan yuksak ishonchi ortib borayotganini bilish miumkin. Bu yilning o’zida «Hamkorbank»ning xalqaro moliya nashrlarining e’tiboriga tushishi birinchi marta emas. Yaqindagina «Hamkorbank» Amerikaning «Global Finance» jurnali tomonidan «Osiyo mintaqasining rivojlanayotgan bozorlaridagi eng yaxshi banki» degan sharafli nomga munosib deb topilgan edi. Bu esa o’z navbatida bank boshqaruvi strategiyasi to’gri tanlaganining amaldagi isboti demakdir.
— Taqdim etilgan har bir ikkala mukofot ham Bankimiz, uning nufuzii va imidji uchun katta sharaf. Lekin eng katta mukofot — bu mijozlarimizning bizga bo’lgan ishonchi va e’tiboridir,-deya ta’kidlaydi «Hamkorbank» OATB Boshqaruv raisi Olmaxon To’rajonova.- Avvalo, mazkur xalqaro e’tiroflarda mijozlarimizning xizmatlari beqiyos, deb hisoblaymiz. O’z navbatida mijozlarimizning bank xizmatlaridan minnatdorligi va ishonchi «Hamkorbank» uchun har qandayin e’tirofdan afzal bo’lib qoladi va kelgusida ham bank o’z mijozlari manfaati uchun qulay, yuqori sifatli mahsulot va xizmatlarini taqdim etishga intiladi. Bugungi kunda «Hamkorbank» ishonchli bank sifatida namoyon qila olgan Respublikamizdagi yetakchi banklaridan biri ekanligining o’zi bizning yutug’imiz, albatta.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026