mc.yandex.ruyandex

ATB “Hamkorbank” xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘z faoliyatini boshladi

30 / 07 / 2020“Hamkorbank”  xalqaro fond bozorida o‘zining investitsion faoliyatini boshladi.  Samarali bank aktiv amaliyotlari sifatida “Hamkorbank” ATBning xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyati bankga risk darajasi nisbatan kam bo‘lgan amaliyotlar orqali qo‘shimcha daromad olish, bank aktivlarini diversifikatsiyalash, bank mablag‘larini samarali boshqarish, qimmatli qog‘ozlar bilan REPO bitimlarini amalga oshirish orqali arzon resurslar jalb qilish hamda valyuta fyucherslari va optsionlardan keng foydalangan holda valyuta risklarini samarali boshqarish imkoniyatini beradi.

“Hamkorbank” dastlabki savdo bitimi 2020 yil 30 iyul kungi savdolarda London fond birjasida yuqori likvidli hamda barkaror bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi suveren yevrobondlarini (davlat suveren xalqaro yevroobligatsiyalarini) sotib oldi. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi 2019 yilning fevral oyida tarixda ilk bor 1 mlrd. AQSh dollari miqdoriga teng bo‘lgan davlat suveren yevroobligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirgan va xalqaro investorlar tomonidan juda yaxshi kutib olingan edi, ya’ni ushbu qimmatli qog‘ozga bo‘lgan talab uning umumiy joylashtirilgan qiymatidan deyarli 4 barobar ko‘p bo‘lgan.

• Davlat suveren yevroobligatsiyalari (evrobond) - Xalqaro kapital bozoridan mablag‘lar jalb qilish uchun davlat xukumati tomonidan ma’lum bir muddatga va yillik foiz to‘lovi asosida chiqarilgan xalqaro qarz majburiyatini ifoda etuvchi davlat qimmatli qog‘ozidir.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play