Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
"Avtograd" banki xodimlari tashrifi

«Avtograd» banki xodimlari tashrifi

05.06.2012
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Ma’lumki, o‘zaro tajriba almashish, hammaslak bo‘lish bank sohasida ham muhim ahamiyat kasb etadi. «Xamkorbank» ham bu an’anaga sodiq qolib kelmoqda.

Kuni kecha bankka Rossiya Federasiyasi Tatariston Respublikasining (Kozon shaxridan delegasiya) Naberejnie Chelni shahridagi «Avtograd» bankidan bir guruh xodimlar tashrif buyurdilar. Ular bank faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha bank xodimlari bilan fikr almashar ekan, bankning iqtisodiy jihatdan baquvvat, mijozlar manfaati yo‘lida ishonchli bank ekanligini e’tirof etdilar.
— Rostini aytsam, O‘zbekistonga ilk bor kelishim. Shunday ajoyib yurtga kelishimning asosiy sababchisi «Xamkorbank» bo‘ldi. Bank xodimlarining yosh bo‘lishiga qaramay, o‘z kasbini mukammal bilishi, kasb maxoratini doimiy oshirib borishdagi intilishlari meni hayratga soldi. Nafaqat o‘z yo‘nalishim bo‘yicha, balki bankning barcha tarmoqlariga qiziqishim ortdi. Tajriba almashish davomida har bir yo‘nalishni tahlili bilan qiziqdim. Taassurotlarim bir talay. Bankda o‘zaro samimiylik kuchli ekan. Bu esa o‘z navbatida ishda ham bir-birini qo’llab — quvvatlaydi deb o‘ylayman. Bizdan avval «Xamkorbank»ka tashrif buyurgan delegasiyamiz katta taassurot bilan qaytganligini endi tushundik. Ishonamanki, kuzatuvlarim o‘z faoliyatimda asqotadi, hamkorligimiz esa uzoq yillar davom etadi, — dedi samimiyat bilan bankning moliyaviy tahlil bo‘limi iqtisodchisi Elvira Saitovna Axmetova.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026