Axborot bilan ta’minlangan eng yaxshi bank stendi
2015-yil 10-mart kuni Samarqand viloyatining Samarqand shahrida «BankExpo-2015» mintaqaviy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Samarqand viloyat Bosh boshqarmasi va Samarqand viloyati hokimligi tomonidan tashkil etildi. Ko‘rgazmada mintaqadagi jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rastuvchi 12 bank filiali ishtirok etdi.
Ko‘rgazma natijalariga ko‘ra «Hamkorbank» ATB Samarqand filiali «Axborot bilan ta’minlangan eng yaxshi bank stendi» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.