Aziz bolajonlar! Bayramingiz muborak bo‘lsin!
01.06.2021
2 daqiqa
Qarang, atrof qanday go‘zal. Quyosh charaqlayapti. Gullar ochilyapti. Qushlar, kapalaklar… Va yana sizning ajoyib bayramingiz! Beg‘ubor bolalik olamingiz mana shunday rang-barang bo‘lishini, o‘zingiz orzu qilgan ertak qahramonlaridek dovyurak, ziyrak, aqlli bo‘lishingizni chin dildan istab qolamiz. Boshlanayotgan yoz fasli siz uchun mazmunli va maroqli o‘tsin!
Biz sizni juda yaxshi ko‘ramiz!
1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Hamkorbank ATB jamoasi tomonidan o‘tkazilgan xayriya tadbiri ishtirokchilarga mana shunday samimiy dil so‘zlariga to‘la tabrikdan boshlandi. Qutlug‘ sanani shifoxonada o‘tkazayotgan bolajonlarga biroz hursandchilik ulashish maqsadida bank tomonidan alohida tayyorgarlik ko‘rildi.
Dastlab Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Andijon filialining Bolalar bo‘limiga konditsioner va ushbu maskanda davolanayotgan har bir bolajonga — vitaminlarga boy mevalar taqdim etildi.
Xuddi shunday xayriya aksiyasi Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli markazining gematologiya bo‘limida ham o‘tkazildi. Issiq kunlarning haroratini biroz bo‘lsada mo‘'tadillashtirish imkonini beruvchi konditsioner bolalarga bayram sovg‘asi sifatida topshirildi.
Eng samimiy tilaklar jamlangan tabriknomalar va mazali mevalar shu bo‘limda davolanayotgan o‘g‘il-qizlar, ularning ota-onalari, tibbiyot xodimlarining xursandchiligiga sabab bo‘ldi.