Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Aziz opa-singillar, hurmatli ayollar! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Aziz opa-singillar, hurmatli ayollar! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

08.03.2022
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
Yurtimizda bahor. Fasllar kelinchagi o‘zining bor tarovati ila ona diyorimizni obod etmoqda. Qalblar yaratish, yashnatish ishqi ila to‘lib-toshgan. Ona tabiatning uyg‘onishiga hamohang ravishda aziz opa-singillarimizning qutlug‘ ayyomi kirib keldi.
«Hamkorbank» jamoasi munis onalarimizni, dilbar opa-singillarimizni go‘zallik va nafosat ayyomi 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etadi.
Bayram bahona Sizlarga eng samimiy tilaklarimizni yo‘llaymiz. Mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, kasbiy barkamollik hamisha yo‘ldoshingiz bo‘lsin!
Har qancha e’zoz-u e’tirofga loyiq, qadri baland, latofatli opa-singillar, bayram muborak!
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026