Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Bank «Kamolot»i g’olib bo’ldi

Bank «Kamolot»i g’olib bo’ldi

12.10.2012
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
Ma’lumki, «Kamolot» YoIHning faolligi joylarda yoshlarni kasbga bo’lgan munosabatlarini shakllantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, yoshlar o’rtasida yuzaga kelayotgan muammolarini o’zaro bartaraf etish, ularni sog’ligini tiklash, madaniy hordiq olishlarini tashkil etishdek vazifalarni yo’lga qo’yishda o’z hissasini qo’shib kelmoqda.
Yakinda Andijon davlat universitetida «Vatan ravnaqi yo’lida birlashaylik» shiori ostida «Kamolot» YoIHning korxona, tashkilot va muassasalaridagi boshlang’ich tashkilotlari yetakchilari ishtirokida o’quv-seminari hamda «Eng namunali boshlang’ich tashkilot» ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi.
Viloyatdagi mavjud korxona, tashkilotlar, muassasalar «Kamolot»chilari tanlovda faol ishtirok etdilar.
Quvonarlisi shuki, ko’rik-tanlovning viloyat bosqichi g’olibi sifatida «Hamkorbank» OATB «Kamolot» YoIH yetakchisi Shoxjahon Hasanov Respublika bosqichiga yo’llanma oldi. Respublika bosqichi shu yilning noyabr oyida Toshkent shahrida bo’lib o’tadi.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026