Bank tariflariga kiritilayotgan o’zgarishlar yuzasidan xabar
Hurmatli mijozlar!
2024-yil 19-aprel kunidan jismoniy shaxslar uchun xizmat ko‘rsatish tariflariga quyidagi o’zgarishlar kiritilishini ma’lum qilamiz.
Jismoniy shaxslarga ko‘rsatilgan xizmatlar:
| № | Tarif | Bank xizmat haqi |
| 1.5.5 | Jismoniy shaxslarning bank kartalaridagi mablag‘larni arizaga asosan terminal orqali boshqa to‘lovlar uchun filial yoki boshqa bankka naqdsiz shaklda o‘tkazilganda: (Hamkorbank tizimi ichida ochilgan jamg‘arma va muddatli omonatlarga, olgan kredit to‘lovlariga, kreditning oldindan to‘lovlari uchun o‘tkazilgan holatlardan tashqari) | |
| a) | 500 000 (besh yuz ming) so‘mgacha | 3% |
| 1.18.3 | VISA Classic kredit karta hisobvarag‘ini to‘ldirish: | |
| b) | Hamkorbank mobil ilovasida Uzcard va Humo kartasidan pul o’tkazish (P2P) yo’li orqali summadan | Bepul |
| v) | VISA Classic kredit karta xisob raqamlarini boshqa bank kartalari orqali to’ldirish Visa Direct, summadan | 0,5% |
| 1.18.6 | VISA Classic kredit kartalari orqali mablag‘lar bank kassasi yoki bankomatlar orqali naqd chiqim qilinganda: | |
| b) | Hamkorbankda o‘rnatilgan Humo bankomatlari va terminallari orqali naqd so‘m berish, summadan: | 2% |
| v) | Boshqa banklar Humo hamda Uzcard terminallari va bankomatlari orqali naqd chiqim qilish, summadan: | 2% + boshqa bank xizmati |
| g) | Chet el banklar bankomatlari hamda terminallari orqali naqd chiqim qilish, summadan: | 2,5% + chet el bank xizmati |
| 1.18.8 | Hamkorbank VISA Classic kredit kartasi hisobvarag‘idan boshqa bank karta hisobvarag‘iga mablag‘lar o‘tkazilganda har bir o‘tkazilgan summadan: | |
| a) | Hamkorbank VISA Classic kredit kartasi hisobvarag‘idan boshqa bank VISA karta hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazilganda (Visa Direct), | 2% |
| v) | VISA Classic kredit kartasi hisobvarag‘idan boshqa Hamkorbank VISA karta hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazilganda (P2P) | 1% |