Bank tariflariga kiritilayotgan o’zgarishlar yuzasidan xabar
Hurmatli mijozlar!
2024-yil 31-may kunidan jismoniy shaxslar uchun xizmat ko‘rsatish tariflariga quyidagi o’zgarishlar kiritilishini ma’lum qilamiz.
Jismoniy shaxslarga ko‘rsatilgan xizmatlar:
| № | Tarif | Bank xizmat haqi |
| 1 | Bank kartalari bo‘yicha: | |
| 1.4 | Jismoniy shaxslarning bank kartalariga naqd pul mablag‘larini kirim qilishda undiriladigan bank xizmat haqi: | |
| a) | Hamkorbank kassalari orqali Hamkorbank tomonidan emissiya qilingan bank kartalariga (Humo/Uzcard) naqd pul mablag’lari kirim qilinganda | Bepul |
| b) | Hamkorbank bankomatlari orqali Hamkorbank tomonidan emissiya qilingan bank kartalariga (Humo/Uzcard) naqd pul mablag’lari kirim qilinganda | Bepul |
| v) | Hamkorbank kassalari orqali boshqa bank kartalariga (Humo/Uzcard) naqd pul mablag’lari kirim qilinganda | 1% |
| g) | Hamkorbank bankomatlari orqali boshqa bank kartalariga (Humo/Uzcard) naqd pul mablag’lari kirim qilinganda | 1% |
| 3 | Jismoniy shaxslarga masofaviy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha: | |
| 3.2 | Jismoniy shaxslar bank kartalaridan yoki mobil banking hisobvarag‘idan bir marotabalik to‘lovlar uchun mablag‘lar o‘tkazilganda, summadan | 0,5% |
| b) | Hamkorbank bank ofislarida ochilgan jamg’arma va muddatli omonatlarga mablag’lar o’tkazilganda | Bepul |