Bank tariflariga kiritilayotgan o’zgarishlar yuzasidan xabar
Hurmatli mijozlar!
2023-yil 7-iyul kunidan jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari uchun xizmat ko‘rsatish tariflariga quyidagi o’zgarishlar kiritilishini ma’lum qilamiz.
Jismoniy shaxslarga ko‘rsatilganxizmatlar:
| № | Tarif | Bank xizmat haqi |
| 1.5 | Jismoniy shaxslarning plastik kartalaridan mablag‘lar ishlatilishida undiriladigan bank xizmat haqi: | |
| 1.5.6 | Hamkorbankda o‘rnatilgan bankomatlar orqali boshqa banklar tomonidan emissiya qilingan VISA va Mastercard kartalaridan naqd so‘m yechish | 1,5% |
Yuridik shaxslarga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilgan xizmatlar:
| № | Tarif | Bank xizmat haqi |
| 3.3 | Savdo, umumiy ovqatlanish va pullik xizmat ko‘rsatish obyektlariga o‘rnatilgan to‘lov terminallariga tushgan mablag‘larni inkassatsiya qilinganda olinadigan bank xizmat haqi: | |
| 3.3.1 | Visa va Mastercard xalqaro plastik kartalari orqali Uzcard terminallariga tushgan mablag‘larni inkassatsiya qilinganda olinadigan komission to‘lovlar haqi, summadan | 1%* |
* - ushbu komission to‘lovdan tashqari chet-el xalqaro plastik kartalariga savdo qilinganida karta egasidan qo‘shimcha 2% komission to‘lov ushlab qolinadi va savdo terminali inkassatsiya qilinganida terminal xisob raqamidan yechib olinadi.