Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
“BankExpo-2013” ANDIJONDA

«BankExpo-2013» ANDIJONDA

11.06.2013
3 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

7 iyun kuni Andijon shahridagi «Yoshlar markazida» bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari bo’yicha «BankExpo-2013» ko’rgazmasi bolib o’tdi. Andijon viloyati markaziy banki tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu nufuzli tadbirda «Hamkorbank» OATB Amaliyot boshqarmasi hamda Nodirabegim filiallari faol ishtirok etdilar.

«Hamkorbank» OATBning shu kunga qadar erishgan yutuqlari, mahsulotlari hamda bankning yanada rivojlanishi yuzasidan istiqboldagi rejalarini taqdim etdi. Ko’rgazmaga tashrif etgan har bir qatnashchi o’zini qiziqtirgan savollariga bank mutaxassislaridan atroflicha ma’lumot olishga muvaffaq bo’ldilar.

«BankExpo-2013» ko’rgazmasi doirasida «Hamkorbank»da axborot texnologiyalari mavzusiga bag’ishlangan taqdimot bo’lib o’tdi.
-Bankimiz tomonidan zamonaviy axborot texnologiyalari asosida mizojlarga taqdim etilayotgan xizmatlarimizni tobora takomillashtirib, qo’shimcha qulayliklar yaratish maqsadida yangi xizmat turlarini ishga tushirish ustida ham izlanishlar olib bormoqdamiz, — deydi Hamkorbank marketing tadqiqitlari va tahlili boshqarmasi mutaxasisi H. Alixonov.- Ayni paytda biz yuridik va jismoniy shaxslar uchun mo’ljallangan «Internet-banking» tizimini yana mukammallashtirdik. Buning natijasida ushbu xizmat turning xavfsizlik darajasi yanada oshishiga erishdik. Shu bilan birga o’tgan yiloxirda joriy etilgan «Mobil-banking» tizimi bo’yicha ham o’zgartirish kiritdik. Ushbi xizmat ishga tushirilganida mijozlarimiz faqatgina «Android» operatsion tizimida ishlovchi telefonlari orqali foydalanish imkoniyatiga ega edilar. Endi bo’lsa «Mobil-banking» xizmati «iOS» operatsion tizimida ishlovchi «iPhone» telefoni bor mijozlarimiz ham bemalol foydalanishlari mumkin. Bu tizim dunyoning istalgan nuqtasidan turib uyali telefon yordamida bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Shuningdek, ko’rgazma doirasida «Hamkorbank» OATB Amaliyot boshqarmasi va Nodirabegim filiallari tomonidan tadbirkorlar o’rtasida biznes loyihalar bo’yicha o’tkazilgan tanlov g’oliblari taqdirlandi.
1. «Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda eng istiqbolli loyiha”- «Turon biznes Hamkor» XK rahbari Tojiboyev Abdukarim.
2. «Eng samarali biznes reja» — «Rubber Trast» XK rahbari Ismoilov Abduhoshim.
3. «Tadbirkor ayol”- «Zinnura lyuks» MChJ rahbari Abdulazizova Mahmudaxon.
4. «Innovatsion loyiha — «Qobil Ali lyuks» MChj rahbari Ahmedov Dilmurod.
5. «Tadbirkor ayolning eng samarali biznes rejasi”- yakka tartibdagi tadbirkor Xudoyberdiyeva Go’zalxon.
Tanlov g’oliblari imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikat va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Andijonda — «BankExpo-2013» ko’rgazmasi yakuniga ko’ra «Hamkorbank» filiallari «Xorijiy kredit liniyalarini jalb etayotgan eng yaxshi bank» hamda «Ko'rgazmaning eng faol ishtirokchisi» nominatsiyalari bo’yicha g’olib deb topildi.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026