«BankExpo-2013» ko’rgazmasi
03.04.2013
1 daqiqa
«Ko‘rgazma Savdo Markazi»da oltinchi «BankExpo-2013» milliy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Ikki kun davomida 29 ta tijorat banklari, lizing va sug’urta kompaniyalari, shuningdek, IT- texnologiyalari asosida bank uskunalari va mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tuzilmalar o’z xizmatlarini namoyish etadilar. Bu yilning asosiy mavzusi- interaktiv xizmatlarni qo’llashga bagishlanadi.
Aytish joizki, ushbu ko’rgazma Respublika Markaziy banki tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi hamda Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari assotsiatsiyasi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamda OATB «Hamkorbank» bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.