mc.yandex.ruyandex

Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" AТB aksiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi

25 / 05 / 2019

Andijon sh., Bobur shox ko‘chasi, 85-uy manzilida joylashgan (elektron pochta manzili: muloqot@hamkorbank.uz, veb-sayt: www.hamkorbank.uz) Chet el kapitali ishtirokidagi    "Hamkorbank " aksiyadorlik tijorat banki 2019 yil 15 iyun kuni soat 10:00 da Andijon sh., Bobur shox ko‘chasi, 53-uyda joylashgan "Hamkor" biznes markazi binosida, aktsiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig‘ilishini o‘tkazadi.

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 09:00 da boshlanadi.

Aksiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qilish uchun Aktsiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2019 yil 24 may.

Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish xuquqiga ega bo‘lgan Aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2019 yil 11 iyun.

 

Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar: 

  1. Bank Boshqaruvining 2018 yil bank faoliyati yakunlari bo‘yicha hisoboti.

  2. Bank Kengashining 2018 yil faoliyati bo‘yicha hisoboti.

  3. Bankning 2018 yil faoliyati bo‘yicha bank Taftish komissiyasining xulosasini tinglash.

  4. Bankning 2018 yil faoliyati yakunlari bo‘yicha tashqi auditor xulosasini eshitish, bankning 2018 yil yakuni bo‘yicha moliyaviy hisobotlarini tasdiqlash.

  5. 2018 yil faoliyati yakuni bo‘yicha Bank foydasini taqsimlash.

  6. 2018 yil faoliyati yakuni bo‘yicha Bank aksiyalariga dividend to‘lash.

  7. Majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditor tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini belgilash va u bilan shartnoma tuzish.

  8. Bank Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

  9. Bank Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

  10. Bank Kengashi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

  11. Bank Boshqaruvi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

  12. Bank Korporativ boshqaruv qodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

  13. Bank Taftish komissiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

  14. Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

  15. Umidsiz aktivlarni hisobdan chiqarish.

  16. Hisoblangan, lekin belgilangan muddatda talab qilib olinmagan dividendlarni bankning taqsimlanmagan foydasi hisobiga qaytarish.

  17. Bank Taftish komissiyasining yangi tarkibini saylash.

  18. Bank Kengashining yangi tarkibini saylash.

  19. Bank Kengashining 2019 yil uchun xarajatlar smetasini tasdiqlash.

  20. Bank Taftish komissiyasining 2019 yil uchun harajatlar smetasini tasdiqlash.

  21. Bank Boshqaruv raisini saylash (tayinlash).

 

Aksiyador - yuridik shaxs aksiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig‘ilishida ishtirok etishni boshqa shaxsga ishonish huquqiga ega. Bunda aksiyador vakili ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etishi shart.

Aksiyador - jismoniy shaxs pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga, uning vakili esa notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo‘lishi shart.

"Hamkorbank" ATB aksiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlangan axborot materillar bilan bankning Bosh ofisida tanishish mumkin.Telefon: (74) 298-04-33.

                                                                                             

"Hamkorbank" ATB Kengashi


O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play