mc.yandex.ruyandex

Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi

07 / 02 / 2020Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki 2020 yil 07 mart kuni soat 10.00 da Andijon shahar, Bobur shox ko‘chasi, 85-uyda joylashgan Bank binosida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazadi.

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 10.00 da boshlanadi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qilish uchun Aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2020 yil 06 fevral.

Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish xuquqiga ega bo‘lgan Aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2020 yil 3 mart.

 Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:
1. Bankning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
2. Bank Boshqaruvining miqdoriga o'zgartirishlar kiritish.
3. Bank Ustaviga o'zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish.
4. “Hamkorbank” ATB “Korporativ boshqaruv” kodeksiga qo’shimchalar va o'zgartishlar kiritish.
5. “Hamkorbank” ATB “Kengash to’g’risidagi nizomi”ga o'zgartirishlar kiritish.
6. “Hamkorbank” ATB “Boshqaruv to’g’risidagi nizomi”ga o'zgartirishlar kiritish.
7. Bank Kengashining yangi tarkibini saylash.

Aksiyador - yuridik shaxs aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etishni boshqa shaxsga ishonish huquqiga ega. Bunda aksiyador vakili ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etishi shart.

Aksiyador - jismoniy shaxs pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga, uning vakili esa notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo‘lishi shart.

"Hamkorbank" ATB aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlangan axborot materillar bilan bankning Bosh ofisida tanishish mumkin.

 Tel: (74) 298-04-33, (74) 298-10-00.


"Hamkorbank" ATB Kengashi

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play