«Hamkorbank» ATB aksiyadorlarning yillik hisobot umumiy yig’ilishi o’tkazilishini ma’lum qiladi
Andijon sh., Bobur shoh ko’chasi, 85-uy manzili bo’yicha joylashgan (elektron pochta manzili: muloqot@hamkorbank.uz, veb-sayt: www.hamkorbank.uz) Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki 2017 yil 20 may soat 10:00 da Andijon sh., Bobur shox ko’chasi, 53 manzilda joylashgan «Hamkor» biznes markazi binosida aksiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig’ilishini o’tkazadi.
Aksiyadorlarni ro’yxatga olish soat 09:00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig’ilishi o’tkazilishini ma’lum qilish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2017 yil 27 aprel.
Aksiyadorlar yillik umumiy yig’ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo’lgan aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2017 yil 16 may.
Yig’ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:
- Bank Boshqaruvining 2016 yilbank faoliyati yakunlari bo'yicha xisoboti
- Bank Kengashining 2016 yil faoliyati bo'yicha xisoboti
- Bankning 2016 yil faoliyati bо'yicha Bank Taftish komissiyasining xulosasini tinglash.
- Bankning 2016 yil faoliyati yakunlari bo’yicha tashqi auditor xulosasini eshitish, bankning 2016 yil yakulari bo’yicha moliyaviy hisobotlarini tasdiqlash
- 2016 yil faoliyati yakulari bo’yicha bank foydasini taqsimlash
- 2016 yil faoliyati yakulari bo'yicha bank aksiyalariga dividendlar to'lash
- E’lon qilingan aksiyalar eng ko’p miqdorini belgilash
- Bank ustaviga o‘zgartirishlar kiritish
- Bank «Korporativ Boshqaruv kodeksi«ning yangi tahririni tasdiqlash
- Bankning rivojlanish strategiyasini tasdiqlash
- Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash
- Umidsiz aktivlarni hisobdan chiqarish
- Hisoblangan, lekin belgilangan muddatda (3 yildan ortiq) talab qilib olinmagan dividendlarni bankning taqsimlanmagan foydasi hisobiga qaytarish
- Bank Taftish komissiyasining tarkibini saylash
- Bank Kengashining tarkibini saylash
- Bank Kengashining 2017 yil uchun xarajatlar smetasini tasdiqlash
- Bank Taftish komissiyasining 2017 yil uchun harajatlar smetasini tasdiqlash
- Bank Boshqaruv Raisini saylash
Aksiyador — yuridik shaxs aksiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig’ilishida ishtirok etishni boshqa shaxsga ishonish huquqiga ega. Bunda aksiyador vakili ro’yxatdan o’tish vaqtida o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etishi shart.
Aksiyador — jismoniy shaxs pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga, uning vakili esa notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo’lishi shart.
«Hamkorbank» ATB aksiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig’ilishini o’tkazishga tayyorlangan axborot materillar bilan bankning Bosh ofisida tanishish mumkin.Telefon nomer (0374)298−04−33.