mc.yandex.ruyandex

Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” ATB tijorat banki aksiyadorlari diqqatiga!

22 / 02 / 2020Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki Kengashining 2020 yil 19 fevral kungi yig‘ilishiga muvofiq Andijon shaxar, Bobur shox ko‘chasi, 85-uy manzili bo‘yicha joylashgan (elektron pochta manzili: muloqot@hamkorbank.uz, veb-sayt: www.hamkorbank.uz) bank binosida 2020 yil 7 mart kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibidagi masalalarga o‘zgarishlarsiz 2020 yil 19 mart kuni soat 15:00 ga ko‘chirilganligini ma’lum qilamiz. 

Aksiyadorlarni yoki ularning ishonchli vakillarini ro‘yxatga olish 14:00 da boshlanadi.

Shuningdek ushbu navbatdan tashqari umumiy yig‘ilish bo‘yicha aksiyadorlarni  xabardor (e’lon) qilish  va ishtirok etish quyidagi shakllantirilgan sanadagi aksiyadorlar reyestriga muvofiq amalga oshiriladi:
  • 19.02.2020 yil kungi bank aksiyadorlari reyestriga asosan aksiyadorlar xabardor qilish uchun;
  • 13.03.2020 yil kungi aksiyadorlar reyestrga asosan yig‘ilishga ishtirok etuvchi aksiyadorlar ro‘yxati shakllantiriladi.

Aksiyador - yuridik shaxs aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etishni boshqa shaxsga ishonish xuquqiga ega. Bunda aksiyador vakili ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etishi shart.

Aksiyador - jismoniy shaxs pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa xujjatga, uning vakili esa notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo‘lishi shart.

"Hamkorbank" ATB aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlangan axborot materiallari bilan bankning Bosh ofisida tanishish mumkin.
Telefon nomer (78) 298-04-33, (78) 150-91-25.


"Hamkorbank" ATB Kengashi

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play