mc.yandex.ruyandex

Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» ATB aksiyadorlari diqqatiga

06 / 01 / 2021Hurmatli Aksiyadorlar !

Andijon shahar, Bobur shoh ko‘chasi, 85-uy manzili bo‘yicha joylashgan (elektron pochta manzili: muloqot@hamkorbank.uz, veb-sayt: www.hamkorbank.uz) Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat bankining 2021 yil 15 yanvar kuni soat 16:00 da Andijon shahar, Bobur shoh ko‘chasi, 85-uyda joylashgan "Hamkorbank" Bosh ofisi binosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini, bank Kengashi yig‘ilishining 2021 yil 06 yanvar kungi 1-sonli qaroriga muvofiq kun tartibidagi masalalarga o‘zgartirishlar kiritmagan holda 2021 yil 29 yanvar kuni soat 16:00 da Andijon shahar, Bobur shoh ko‘chasi, 85-uyda joylashgan "Hamkorbank" Bosh ofisi binosida o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 15:00 da boshlanadi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashkari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qilish uchun Aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2021 yil 06 yanvar. 

 Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan Aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2021 yil 25 yanvar.

Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:
  1. Yangi tahrirdagi bank Ustavini tasdiqlash
  2. Bank Kengashining yangi tarkibini saylash

Aksiyador - yuridik shaxs aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etishni boshqa shaxsga ishonish huquqiga ega. Bunda aksiyador vakili ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etishi shart.

Aksiyador - jismoniy shaxs pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatga, uning vakili esa notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo‘lishi shart.

"Hamkorbank" ATB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlangan axborot materillari bilan bankning Bosh ofisida tanishish mumkin.
Murojaat uchun telefon raqami (78) 298-04-33.

"Hamkorbank" ATB Kengashi



O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play