Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" ATB aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi

Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» ATB aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi

25.12.2020
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
Andijon sh., Bobur shox ko‘chasi, 85-uy manzili bo‘yicha joylashgan (elektron pochta manzili: muloqot@hamkorbank.uz, veb-sayt: www.hamkorbank.uz) Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank «aksiyadorlik tijorat banki 2021 yil 15 yanvar kuni soat 16: 00 da Andijon shahar, Bobur shox ko‘chasi, 85-uyda joylashgan «Hamkorbank» Bosh ofisi binosida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazadi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 15:00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qilish uchun Aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2020 yil 23 dekabr.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish xuquqiga ega bo‘lgan Aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2021 yil 11 yanvar.
Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:
1. Yangi tahrirdagi bank Ustavini tasdiqlash
2. Bank Kengashining yangi tarkibini saylash
Aksiyador — yuridik shaxs aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etishni boshqa shaxsga ishonish huquqiga ega. Bunda aksiyador vakili ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etishi shart.
Aksiyador — jismoniy shaxs pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga, uning vakili esa notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo‘lishi shart.
«Hamkorbank» ATB aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlangan axborot materiallar bilan bankning Bosh offisida tanishish mumkin. Telefon nomer (78) 298−04−33.

«Hamkorbank» ATB Kengashi


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026