Davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimida muhim yangiliklar
26 / 01 / 2026Hurmatli mijozlar!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2025-yil 30-dekabrdagi 02-PA 1/1-4615-XDFU-sonli topshirig‘iga muvofiq, davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimining mazmun-mohiyatini aholiga keng yetkazish hamda amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur topshiriq doirasida quyidagilar ma’lum qilinadi:
- 2026-yil 1-yanvardan boshlab Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi orqali homiladorlik va tug‘ish nafaqasi tayinlanadi va to‘lanadi.
- 2026-yil 1-iyuldan boshlab esa vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi orqali to‘lanadi.
Muhim jihati shundaki, ushbu nafaqalar fuqarolarning alohida murojaatisiz, ya’ni proaktiv shaklda tayinlanadi.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimi bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni 1070 qisqa raqami orqali olishingiz mumkin.
Sizning qulayligingiz va xabardorligingiz — biz uchun muhim!





