«Hamkorbank» ATB omonat mahsulotlarida 2026-yil 25-maydan boshlab o‘zgarishlar
Hurmatli mijozlar!
2026-yil 25-maydan boshlab quyidagi omonat mahsulotlari bo‘yicha yangi hisobvaraqlar ochilishi to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.
Milliy valyutadagi omonatlar:
- Maqsadli Jamg‘arma (onlayn/oflayn)
- Start Plus (onlayn/oflayn)
- Kafolat (onlayn/oflayn)
Xorijiy valyutadagi omonatlar:
- Comfort (onlayn/oflayn)
- Imkon (onlayn/oflayn)
- Foydali (onlayn/oflayn)
Mazkur omonatlar bo‘yicha avval ochilgan hisobvaraqlar amaldagi shartnomalar asosida xizmat ko‘rsatishda davom etadi.
Shuningdek, Hamkorbank tomonidan yangilangan shartlar asosida yangi onlayn va oflayn omonat mahsulotlari joriy etilayotganini ma’lum qilamiz.
Ishonchingiz va Hamkorbankni tanlaganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.