Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Diqqat, anons!

Diqqat, anons!

20.12.2022
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
Hurmatli Toshkent shahri aholisi, tadbirkorlik subyektlari, OAV vakillari va blogerlar. Sizni 22 dekabr kuni, soat 11:00 da bo’lib o’tadigan «Hamkorbank» ATB «Olmazor» universal bank xizmatlari ofisining rasmiy ochilish marosimiga lutfan taklif qilamiz!
Tadbir dasturiga muvofiq, unda ofisdagi aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatiladigan xizmatlar va mahsulotlar taqdimoti o‘tkaziladi. Mehmonlar ofisda mijozlarga yaratilgan qulayliklar va shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishadilar.
Ofisning professional jamoasi Sizni moliyaviy masalalar yuzasidan foydali ma‘lumotlar bilan ta‘minlabgina qolmay, balki Siz uchun munosib bank mahsulotlarini tanlashda ko‘maklashadilar.
Barchangizni «Olmazor» universal BXOda kutib qolamiz!
Manzil: Toshkent sh., Olmazor tumani, Oltinsoy ko’chasi, 27a-uy.
Hamkorbank — Birgalikda yuksalish sari!
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026