Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
DIQQAT: FIRIBGARLAR!

DIQQAT: FIRIBGARLAR!

30.10.2025
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Agar sizga bank, yetkazib berish xizmati yoki internet-do‘kon xodimi sifatida qo‘ng‘iroq qilishsa — ehtiyot bo‘ling.

Odatda ular shunday deyishadi:

  • «Hisobingizda shubhali operatsiya aniqlandi»,
  • «To‘lov yoki o‘tkazmani tasdiqlang»,
  • «Siz yutuq sovrinini qo‘lga kiritdingiz».

Ishonmang — bu firibgarlik!

Eslab qoling:

Bank yoki kompaniyaning haqiqiy xodimlari hech qachon sizdan karta raqami, PIN yoki SMS-kod so‘ramaydi.

Bosim ostida shoshilinch qaror qabul qilmang.

Noma’lum havolalarga kirmang va shubhali fayllarni ochmang.

Ehtiyot bo‘ling, o‘zingiz va yaqinlaringizni ham ogohlantiring. Xabardorlik — moliyaviy firibgarlikdan himoyalanishning eng yaxshi yo‘lidir.

Sizning xavfsizligingiz biz uchun muhim!

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026