Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
​​Diqqat! Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

​​Diqqat! Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

09.10.2020
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
Do‘stlar, so‘nggi paytlarda mijozlarning plastik kartalaridan pul mablag‘larini yechib olish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari ko‘paymoqda. Sizlardan hushyor bo‘lishingizni va bir nechta oddiy xavfsizlik qoidalariga amal qilishingizni so‘raymiz:
⠀
  • Plastik kartangizning old va orqa tomonlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni hech kimga aytmang.
  • Kartangizga bog‘langan telefon raqamiga kelgan kodni hech kimga aytmang.
  • Begona telefon raqamlaridan yordam, boshqa karta yoki telefon raqami hisobini to‘ldirishni so‘rab jo‘natilgan SMS xabarlarga e’tibor bermang.
  • Internet savdo maydonlarida joylashtirgan e’loningiz yuzasidan telefon qilyapmiz deb, kartangiz ma’lumotlari va unga biriktirilgan telefon raqamiga kelgan maxfiy kodni so‘rashsa, bunday qo‘ng‘iroqlarni e’tiborsiz qoldiring.
  • Norasmiy resurslarda o‘tkazilayotgan Aktsiyalarda ishtirok etish takliflarini rad eting, ularning maqsadi yolg‘on yo‘llar bilan plastik kartangiz ma’lumotlariga ega bo‘lish va undagi pul mablag‘larini yechib olishdan iborat.
⠀
Eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lib borish uchun Bankning rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026