Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
DragonPass: VISA tomonidan Lounge Key dasturining yangi lounge zallari provayderi!

DragonPass: VISA tomonidan Lounge Key dasturining yangi lounge zallari provayderi!

23.09.2024
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

2024-yil 1-oktabrdan boshlab Hamkorbank VISA Infinite va Platinum premial kartalari egalari yangi hamkor — DragonPass orqali butun dunyo bo‘ylab aeroportlardagi biznes-zallari xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Ushbu hamkorlik tufayli Hamkorbank mijozlari butun dunyo bo‘ylab 1200 dan ortiq biznes-zallarga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Asosiy o‘zgarishlar:

Avvalgi a’zolik o‘z kuchini yo‘qotadi va uni ko‘chirish mumkin bo‘lmaydi;

Lounge-zallarga kirish uchun AppStore yoki Play Marketdan Visa Airport Companion ilovasini o‘rnatish yoki Visa Concierge chat-botidan foydalanish kerak.

DragonPass bilan hamkorlik Hamkorbank premium mijozlari uchun yangi imkoniyatlarni ochib, dunyodagi eng yaxshi lounge-zallarga kirishning qulay va raqamli usulini taklif qiladi.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026