Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Dunyo sari yuz tutayotgan bank

Dunyo sari yuz tutayotgan bank

21.10.2014
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Samarqand shahridagi «Registon Plaza» mehmonxonasida yangi maqomga ega xorijiy kapital ishtirokidagi aksiyadorlik tijorat banki «Hamkorbank» tashabbusi bilan matbuot anjumani bo’lib o’tdi. Bank mas’ullari, mijozlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokidagi anjumanda «Hamkorbank» va Gollandiya Taraqqiyot banki (FMO) o’rtasida imzolangan shartnomalarning mazmun-mohiyati xususida muhokamalar yuritildi.
Bankning Biznesni rivojlantirish departamenti direktori Aziza Ibragimovaning ta’kidlashicha, Gollandiya Taraqqiyot banki nafaqat hamkor, balki aksiyador sifatida ham bank rivojida alohida xizmat qiladi. Ular ko’rsatayotgan texnik yordam tufayli bank resurs bazasi kengayib, halqaro tajribalarni qo’llash va amaliyotga joriy etish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Qayum Sobirov, Oliy Majlis Senati a’zosi Farmon Toshevlar so’z olib, chet el banklari tomonidan mamlakatimiz iqtisodiyotiga investisiyalarning kiritilishi va yangi moliyaviy loyihalarning amalga oshirilishi «Hamkorbank»ning institusional rivojlanishiga katta hissa qo’shishi, xususan, kichik biznes sub’ektlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratishini e’tirof etishdi. Bank o’z mijozlari, omonatchilari va aksiyadorlari manfaatlarining yuqori darajada bo’lishiga harakat qilayotganini ta’kidlashdi.
Anjumanda, samarqandlik tadbirkorlar, ishbilarmonlar hamda jurnalistlarning zamonaviy texnologiyalar yordamida mijozlarga masofadan bank xizmatlarini ko’rsatish, hisob raqamlarini masofadan turib boshqarish, taqdim etilayotgan turli interaktiv xizmatlardan internet tarmog’i orqali foydalanish bo’yicha taklif va mulohazalari tinglandi. Ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.


Bank Axborot xizmati

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026