«Ekologik va ijtimoiy masalalarni boshqarish» mavzusida trening
2015-yil 21- va 23-fevralda «Hamkor» xalqaro biznes markazi binosida «Ekologik va ijtimoiy masalalarni boshqarish» mavzusida trening o‘tkazildi. «Hamkorbank» ATB bosh ofisi va uning respublika bo‘yicha filiallari yetakchi mutaxassislari trening ishtirokchilari bo‘lishdi.
Trener sifatida Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) kredit liniyalari bo‘yicha xalqaro maslahatchi, muhandis-ekolog Madina Xolmirzayeva taklif etildi. Trening davomida OTBning himoya choralari bo‘yicha siyosati, shuningdek, ekologik va ijtimoiy masalalarni boshqarish tizimlari bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.