Ekspert Nina Nayar «Hamkorbank»da
08.07.2013
2 daqiqa
Osiyo Taraqqiyot bankining mikrokreditlash bo’yicha xalqaro eksperti Nina Nayar xonim «Hamkorbank»ka tashrif buyurdi. Uning ishtirokida Andijon va Farg’ona viloyatlarida o’tkazilgan seminarlardan ko’zlangan maqsad — qishloq joylarda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish hamda xususiy va oilaviy tadbirkorlik qo’llab-quvvatlashdan iborat bo’ldi.
Tadbirkor ayollar ko’rgazmali seminar va davra suhbatlari chog’ida Osiyo taraqqiyot bankining ishonchli hamkori «Hamkorbank»ning mikrokreditlash yo’nalishi bo’yicha va shu loyihada faol ishtiroki xususida o’zlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan aniq javoblar oldilar.
Shuningdek, ekspert bankda mikrokreditlash yo’nalishini yanada rivojlantirish, ayniqsa, eng chekka qishloqlardagi tadbirkor ayollarni qo’llab-quvvatlash ishlari bilan yaqindan tanishib, bu borada fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdi.
Tashrif so’ngida mehmon «Bogi Bobur» dam olish oromgohida bo’lib, dunyo taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shgan Zahiriddin Muhammad Bobur hokini ziyorat qildi. «Biz — hind xalqi Boburdan minnatdormiz, unga hurmatimiz baland. Aynan Boburiylar saltanati davrida Hindiston jahon madaniyat o’chog’iga aylangan», dedi Nina Nayar xonim.