El qadrlagan shoir
11.06.2012
2 daqiqa
«Hamkorbank» OATBda taniqli adib, O‘zbekistonda xizmat kursatgan san’at arbobi Olimjon Xoldorning tavallud topgan kunning 80 yilligiga bagishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston xalq shoiri To‘lan Nizom, filologiya fanlari doktori, professor Abdulhamid Nurmonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘satgan jurnalist Abdumutal Abdullaevlar ishtirok etib, shoirning adabiyotimizda tutgan o‘rni, boy ijodiy merosi haqida so‘zladilar.
Xamkorbank kengashi raisi Ikromjon Ibragimov shoirni qutlug yoshi bilan tabriklar ekan, uning she’riyati zahmatli mehnatlar evaziga bunyod bolganini alohida ta’kidladi hamda Olimjon Xoldor bankning chin ma’noda haqiqiy do‘sti, hamkori ekanligini aytib o‘tdi. Kecha mushoiraga aylandi. Kecha so‘ngida shoirga bank tomonidan esdalik sovgalar topshirildi. Oltin vodiy kuychisi Olimjon Xoldor ko‘rsatilgan izzat-ikrom uchun, samimiy ehtirom uchun bank jamoasiga samimiy minnatdorchiligini izhor etdi. Shu qutlug yoshi arafasida nashrdan chiqqan yangi kitoblarini bankka taqdim etdi. Bir so‘z bilan aytganda, Andijonning zabardast shoiri Olimjon Xoldorning qutlug 80 yillik to‘yi «Xamkorbank»da ham katta bayramga aylandi.