Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Energiya samaradorligini oshirish uchun ajoyib imkoniyat!

Energiya samaradorligini oshirish uchun ajoyib imkoniyat!

31.10.2018
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Korxona yoki tashkilotda energiya samaradorligini oshirish, atrof muhitga zararsiz faoliyat olib borish, energiya bo‘yicha sarf xarajatlarni kamaytirish ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Buning uchun esa modernizatsiya qilish, yangi texnika va texnalogiyalarni joriy etish talab etiladi. Bu kabi ishlarni amalga oshirish uchun esa doim ham o‘z mablag‘laringiz yetarli bo‘lmaydi.

«Hamkorbank» aksiyadorlik tijorat banki va Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot banki (Jahon banki) «Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» loyihasi bo‘yicha xorijiy kredit liniyasini taklif etadi.

Kredit liniya mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining real sektori korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilashni ta’minlash uchun moliyaviy resurslarni jalb etishni kengaytirish, energiya samaraborligini oshirish hamda energiyani tejaydigan asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etish uchun ajratiladi.

Kredit liniyasi shartlari:

  • Maksimal miqdori — 10 mln. AQSH dollarigacha;
  • Muddati — 10 yilgacha;
  • Imtiyozli davr — 3 yilgacha;

Foiz stavkasi:

  • Davlat ulushi mavjud korxonalarga: XTTB hisobidan (kredit miqdoridan 75% gacha ajratiladi) — libor + 4%;
  • Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan (kredit miqdoridan kamida 25%) — libor + 8%.
  • Davlat ulushi mavjud bo‘lmagan korxonalarga: XTTB hisobidan (kredit miqdoridan 75% gacha ajratiladi) — libor + 5%;
  • Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan (kredit miqdoridan kamida 25%) — libor + 9%.

So‘ndirish valyuta turi — qaysi valyuta turida ajratilgan bo‘lsa, o‘sha valyuta turida so‘ndiriladi

Libor 15 may va 15 noyabr kungi olti oylik Libor foizlarida belgilanadi. Oktyabr oyi holatiga libor foiz stavkasi 2.3 dan 2.6 gachani tashkil etgan.

Kredit oluvchining ulushi loyiha qiymatining kamida 25%ni tashkil qilishi shart. Kredit oluvchi o‘z ulushi sifatida loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga tegishli ko‘chmas mulk, texnika-texnologiya, asosiy vositalar, pul mablaglari, aylanma mablag‘lar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

Korxonaning energiya samaradligi yuqori bo‘lishi, atrof muhitga zarar yetkazmasligi, ishlab chiqarish jarayoniga inovatsion yechimlarni joriy etganligi — uning investitsion jozibadorligini oshiradi hamda chet el investorlarining e’tiborini tortishi mumkin.

Taqdim etilayotgan bu imkoniyatdan to‘laqonli foydalaning va korxonangizni zamon talablariga javob berishini ta’minlang.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026