Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Ehtiyot bo‘ling!

Ehtiyot bo‘ling!

14.11.2025
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Firibgarlar tobora ayyorroq bo‘lib bormoqda — ba’zan atigi bitta xato qadam barcha pullaringizdan ayrilishga olib keladi.

Hamkorbank sizga moliyaviy xavfsizlikning oddiy, ammo muhim qoidalarini eslatadi:

  • SMS yoki messenjerlardagi havolalarga kirmang va kartangiz ma’lumotlarini shubhali saytlarda kiritmang.
  • SMS-kodlar, CVV yoki parollarni hech qachon telefon orqali aytmang — bank hodimlari bunday ma’lumotlarni so‘ramaydi.
  • To‘lovlar uchun faqat rasmiy ilovalardan foydalaning (Alipay, WeChat, App Store, Google Play).
  • Begonalar bilan shaxsiy xabarlar yoki chatlar orqali pul o‘tkazmang.
  • Pasport yoki karta rasmini hech kimga yubormang.
  • «Yutuq», «sovg‘a» yoki «maxsus takliflar» uchun pul o‘tkazishni talab qiluvchilarga ishonmang.
  • Mobil bankda push-xabarnomalarni yoqing, shunda barcha operatsiyalarni darhol ko‘rasiz.

Sizning mablag‘laringiz xavfsizligi — o‘zingizning qo‘lingizda.

Ogoh bo‘ling va o‘zingizni bank xodimi deb tanishtirgan notanish odamlarga ishonmang.

Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026