Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!

31.07.2023
1 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:
So‘nggi paytlarda firibgarlar yana faollashmoqda. Endi ular o‘zlarini Markaziy bank xodimi tariqasida tanishtirib, fuqarolar ishonchini qozongan holda aldov yo‘llari bilan ularning telefon va karta raqamlari haqidagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritishmoqda.
Tovlamachilar ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritish uchun Markaziy bank nomidan soxta xat yo‘llashlari yoki qo‘ng‘iroq qilib, tazyiq o‘tkazishlari ham mumkin. Ushbu holatlarda Sizlardan ogoh bo‘lishni, ijtimoiy tarmoqlarda har kimga ham ishonavermaslikni, ma’lumotlarni avvalo tekshirib, keyingina ish tutishlikni so‘raymiz.
Shuningdek, firibgarlar tomonidan qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar asosida onlayn mikroqarz rasmiylashtirish va ushbu kredit mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari ham kuzatilmoqda.
Agar Siz yuqorida keltirilgan shubhali holatlarga duch kelsangiz, darhol IIB ga yoki bizga murojaat qilishingiz mumkin.
Oxirgi yangilanish sanasi: 17.04.2026