Firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!
29.08.2023
1 daqiqa
So‘nggi paytlarda firibgarlar yana faollashmoqda. Endi ular Hamkorbank nomidan ish yuritib, fuqarolarni ushbu soxta operatsiyalarni amalga oshirish uchun ochilgan haminkor.site saytiga kirishga undashmoqda. Go‘yoki ushbu ilovada keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2 mln so‘mdan investitsiya kiritib, 7,79 mln so‘mgacha daromad olish mumkin.
Shuningdek, firibgarlar soxta so‘rovnoma asosida Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni ham qo‘lga kiritishlari mumkin.
Aslo bunday ma’lumotlarga ishonib qolmang. Shaxsiy ma’lumotlaringizni shubhali sayt yoki ilovalarda qoldirmang. Ushbu holatlarda Sizlardan ogoh bo‘lishni, ma’lumotlarni avvalo tekshirib, keyingina ish tutishlikni so‘raymiz.
Agar Siz yuqorida keltirilgan shubhali holatlarga duch kelsangiz, darhol IIB ga murojaat qilishingiz mumkin.
Rasmiy sahifalar va veb-sayt manzillarimizni quyida ilova qilamiz. Boshqa barcha veb-sayt, sahifa va ilovalar bankka tegishli emas.
Veb-sayt: Hamkorbank.uz
Telegram: t.me/Hamkorbankuz
Instagram: instagram.com/hamkorbank_jscb
Facebook: facebook.com/HamkorBank.uz
Mobil ilovalar: Hamkor va Hamkor Mobile.