
Ogoh bo‘ling, firibgarlar!
22 / 01 / 2024Hurmatli mijozlar! So‘ngi paytlarda jismoniy shaxslarning bank kartalaridan mablag‘larni yechib olish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari ko‘p uchramoqda. Shuning uchun, siz bunday vaziyatlarga tushib qolmaslik uchun amal qilishingiz zarur bo‘lgan tavsiyalarimizni to‘pladik.O‘z mablag‘ingizni firibgarlardan qanday himoya qilish mumkin?
- Bank kartangiz ma'lumotlarini hech kimga oshkor etmang;
- Shubhali qo‘ng‘iroqlardan ehtiyot bo‘ling: bank xodimlari sizning raqamingizga yuborilgan maxsus kodni so‘ramaydilar;
- Ma'lumotlarni faqat rasmiy saytlar, ilovalar va aloqa markazlari orqali tekshiring;
- Bank kartangizni muntazam ravishda monitoring qiling. Buni Hamkor ilovamizda oson amalga oshirishingiz mumkin.