GEFF bilan hamkorlikda tadbirkorlar uchun yashil moliyalashtirish imkoniyatlari | Yangiliklar | Hamkorbank
Hamkorbank va GEFF: tadbirkorlar uchun yashil moliyalashtirish imkoniyatlari taqdim etildi

Hamkorbank va GEFF: tadbirkorlar uchun yashil moliyalashtirish imkoniyatlari taqdim etildi

03 / 04 / 2026

Toshkent shahrida Hamkorbank tomonidan biznes vakillari uchun “Energiya samarador yechimlar va yashil moliyalashtirish imkoniyatlari” mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbir Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining GEFF dasturi doirasida o‘tkazildi.

Taʼkidlash joizki, GEFF (Green Economy Financing Facility) dasturi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan amalga oshiriladi hamda energiya samaradorligi va yashil iqtisodiyot sohasidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Seminarda kichik va o‘rta biznes vakillariga energiya samarador texnologiyalarni joriy etish, energiya xarajatlarini kamaytirish hamda yashil loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
“Hamkorbank uchun GEFF dasturi, avvalo, tadbirkorlarning energiya tejamkor texnologiyalarga o‘tishini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash imkoniyatidir. Biz ko‘ryapmizki, bunday loyihalar orqali mijozlar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirmoqda, samaradorlikni oshirmoqda va biznesini yanada barqaror rivojlantirmoqda.” — deydi, Hamkorbank Mikro, kichik va o‘rta biznes departamenti kreditlash bo‘limi boshlig‘i Muhammad Kerimov.

Qolaversa, tadbir davomida GEFF dasturining maqsadlari, dastur doirasida ajratilayotgan moliyalashtirish imkoniyatlari, energiya samarador uskunalar va quyosh elektr stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilgan loyihalar taqdim etildi.

Shuningdek, Hamkorbank mijozlarining muvaffaqiyatli loyihalari misol sifatida keltirildi. Bu borada Marketing boʻyicha xalqaro ekspert, Oksana Bulgakova, GEFF dasturi nafaqat energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, balki tadbirkorlarning biznesini modernizatsiya qilish, xarajatlarni kamaytirish va xalqaro standartlarga mos ishlashiga yordam berayotgan muhim moliyaviy mexanizm ekanini alohida taʼkidladi.

Seminarda xalqaro ekspertlar, energiya samarador texnologiyalar yetkazib beruvchilar, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki vakillari hamda Hamkorbank mutaxassislari ishtirok etdi. Mutaxassislar energiya samarador investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi, o‘zini oqlash muddati va loyihalarni amalga oshirish bosqichlari haqida ma’lumot berdilar.

Tadbir yakunida tadbirkorlar uchun savol-javob sessiyasi, netvorking va individual konsultatsiyalar tashkil etildi.
Mazkur seminar biznes vakillariga energiya samarador texnologiyalarni joriy etish orqali operatsion xarajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va biznes barqarorligini ta’minlash bo‘yicha muhim ma’lumotlar olish imkonini berdi.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play