2026-yil 4-dekabrdan jismoniy shaxslar uchun tariflar o‘zgaradi
25.11.2026
3 daqiqa
Hurmatli mijozlar!
2026-yil 4-dekabr kunidan jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar tariflariga quyidagi o‘zgarishlar kiritilishini ma’lum qilamiz.
Jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun:
| Band | Xizmat nomi | Xizmat haqi |
| 1.20 | Raqamli Visa Rewards kartasi bo‘yicha: | |
| 1.20.1 | Visa Rewards raqamli kartasini emissiya qilish va qayta emissiya qilish | Bepul |
| 1.20.2 | Karta hisobidagi minimal qoldiq | Mavjud emas |
| 1.20.3 | Oylik xizmat ko‘rsatish to‘lovi | Bepul |
| 1.20.4 | Karta haqida ma’lumot | |
| a) | Mobil ilova orqali | Bepul |
| b) | Qoldiq yoki aylanma mablag‘lar bo‘yicha yozma ma’lumot berish | 75 000 so‘m |
| 1.20.5 | Raqamli Visa Rewards kartalari orqali mablag‘lar bank kassasi yoki bankomatlar orqali naqd pul chiqim qilinganda: | |
| a) | Hamkorbankda o‘rnatilgan Humo va Uzcard bankomatlarida | 0,5% |
| b) | O‘zbekiston Respublikasi hududidagi boshqa bank Humo va Uzcard bankomatlarida | 0,5%+boshqa bank xizmati |
| c) | Hamkorbank kassalarida | 1,5% |
| d) | O‘zbekiston Respublikasida joylashgan boshqa banklarning kassalarida | 0,5%+boshqa bank xizmati |
| 1.20.6 | Karta hisobvarag‘ini to‘ldirish: | |
| a) | Hamkorbank filiallari kassalari orqali | Bepul |
| b) | Hamkor ilovasi orqali, O‘zbekiston Respublikasidagi banklar tomonidan emissiya qilingan Humo yoki Uzcard kartasi yordamida to‘ldirish | Bepul |
| 1.20.7 | Hamkorbankning Raqamli Visa Rewards kartasidan o‘tkazmalar: | |
| a) | Hamkorbank ilovasi orqali Raqamli Visa Rewards kartasidan Hamkorbank kartalariga mablag‘ o‘tkazish | 0% |
| b) | Raqamli Visa Rewards kartasidan boshqa banklar Humo va Uzcard kartalariga o‘tkazmani amalga oshirish | 0,5% |
| c) | Raqamli Visa Rewards karta hisobvarag‘idan boshqa bank VISA karta hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazilganda, Visa Direct/Visa + xizmati orqali | 1% (kamida 24 000 so‘m) |
| 1.20.9 | VISA tizimida har bir nizoli tranzaksiyalar bo‘yicha surishtiruv olib borish (har bir tranzaksiya uchun) | 230 000 so‘m |
| 1.20.10 | Bankomat orqali karta balansi bo‘yicha so‘rovnoma jo‘natish va so‘rovni bekor qilish (har bir ma’lumot uchun) | 5 000 so‘m |
| 1.20.11 | Karta orqali cheklarni, chet el valyutasini sotib olishda, elektron hamyonlarni, nomoliyaviy tashkilotlarda savdo hisob raqamlarini to‘ldirishda va boshqa turdagi kvazi-kesh operatsiyalar uchun to‘langanda: ** | 1% (kamida 12 000 so‘m) |