Jismoniy shaxslar uchun bank xizmatlari tariflariga 11 iyun 2026 yildan boshlab kiritilayotgan o‘zgarishlar
Hurmatli mijozlar!
2026-yil 11-iyun kunidan jismoniy shaxslarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xizmat ko‘rsatish tariflariga quyidagi o‘zgarishlar kiritilishini ma’lum qilamiz.
Jismoniy shaxslarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun:
| Band | Xizmat nomi: | Tarif |
| 3.4 | Bir jismoniy shaxsning mobil banking hisobvarag‘idan boshqa jismoniy shaxsning mobayl banking hisobvarag‘iga o‘tkazilganda, har bir o‘tkazilgan summadan | Bepul |
| 12 | ESKROU hisobvarag‘lari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish | |
| 12.1 | Ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari savdosi asosida ESKROU hisobvarag‘ini ochish | Bepul |
| 12.2 | Avtotransport sotib olish uchun ESKROU hisobvarag’iga mablag‘larni kirim qilish | BHMning 25% |
| 12.3 | Ko‘chmas mulk sotib olish uchun ESKROU hisobvarag‘iga mablag‘larni kirim qilish | BHMning 50% |
| 12.4 | Hamkorbank orqali ESKROU hisobvarag‘idan kelib tushgan mablag‘larni Hamkorbank kassalari orqali chiqim qilish | Bepul |