mc.yandex.ruyandex

“Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banki chet el kredit liniyalari hisobidan biznesni rivojlantirish uchun qulay shartlarda kreditlar taklif etmoqda.

19 / 02 / 2019

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Maxkamasining bir qator qarorlariga asosan Respublika tijorat banklari tomonidan xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarning kredit liniyalarini o'zlashtirish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” aktsiyadorlik tijorat banki xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish va o'zlashtirish bo'yicha Respublikamizdagi etakchi tijorat banklaridan biridir.

Bugungi kunga kelib, bank 20 dan ortiq xalqaro moliya institutlari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, Osiyo Taraqqiyot Banki, Jaxon Banki, Yevropa Taraqqiyot va Tiklanish Banki, Gollandiya Rivojlantirish Banki va dunyoning boshqa etakchi fondlari bilan hamkorlik o'rnatilgan.

2018 yilda “Hamkorbank” tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga yo'naltirilgan xorijiy kredit liniyalari 2017 yilga nisbatan 4.2 barobarga oshdi. 2019 yilda bank mijozlarining talablarini maksimal darajada qondirish maqsadida xalqaro moliya institutlaridan mablag'lar jalb qilish rejalashtirilgan. Mazkur rejalardan kelib chiqqan holda 2018 yilning dekabr oyida Yevropaning nufuzli investitsion fondlaridan jami 45.0 mln AQSh dollaridan ziyod kelishuvlar tuzilib, bugungi kunda mazkur liniya mablag'lari bank tomonidan mijozlarga qulay shartlarda kredit liniya ko'rinishida taklif etilib kelmoqda, jumladan:


  • Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish Banki xorijiy kredit liniyasi hisobidan «Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish» loyixasi;
  • Osiyo Taraqqiyot Banki xorijiy kredit liniyasi.


 

Xorijiy kredit liniyalari o'zining jozibador shartlari bilan mijozlarga qulaylik yaratmoqda. Misol uchun, Xalqaro Taraqqiyot va Tiklanish Bankining kredit liniyasi shartlari

  • Moliyalash maqsadi: O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining real sektori korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilashni ta'minlash uchun moliyaviy resurslarni jalb etishni kengaytirish, energiya samaradorligini oshirish hamda energiya tejaydigan asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish maqsadida;
  • Kredit liniyasining umumiy mikdori – 25 mln. AQSh dollari; 1 ta loyihaning eng ko'p miqdori 10 mln AQSh dollari;
  • Kredit muddati – loyixaning o'zini-o'zi qoplashidan kelib chiqqan holda 10 yil muddatgacha;
  • Kredit ajratish shakli – pul o'tkazish yo'li bilan;
  • Mijozning loyixadagi ulushi – kamida 25 %;
  • Kredit valyuta turi – AQSh dollarida;
  • Kredit foiz stavkasi – loyiha daromadligidan kelib chiqib, kelishilgan holda;
  • Imtiyozli davr – 3 yil muddatgacha.

 

 

Osiyo Taraqqiyot Bankining kredit liniyasi shartlari:

  • Moliyalash maqsadi: Kichik biznes sub'ektlari faoliyatini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish;
  • Kredit miqdori – 300 000 AQSh dollari yoki so'm ekvivalentida;
  • Kredit muddati – aylanma mablag'lar uchun 12 oy, investitsiya maqsadlari uchun 60 oygacha,
  • Kredit ajratish shakli – pul o'tkazish yo'li bilan;
  • Mijozning loyihadagi ulushi – kamida 25 %;
  • Kredit valyuta turi – milliy valyuta so'mda yoki AQSh dollarida;
  • Kredit foiz stavkasi – loyiha daromadligidan kelib chiqib, kelishilgan holda;
  • Imtiyozli davr - aylanma mablag'larni to'ldirishga 6 oygacha, investitsion loyihalarni moliyalashtirishga 12 oygacha.

 

 

Kredit liniyalar to'g'risida batafsil ma'lumot olish uchun o'zingizga qulay bank filialiga yoki bank saytiga (https://hamkorbank.uz/uz/business/credits-for-business/xorijiy-kredit-liniyalari-xisobidan-kreditlar/) yoki bank aloqa markazi 0 800 1-200-200 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Bank maxsulot va xizmatlari to'g'risida ijtimoiy tarmoqlarda o'qing:

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play