Matbuot markazi
/
Yangiliklar
/
Apple Pay'ni kutib oling! Endi iPhone'ingiz — Sizning Hamkorbank kartangiz!

Apple Pay’ni kutib oling! Endi iPhone’ingiz — Sizning Hamkorbank kartangiz!

27.10.2026
2 daqiqa
Muallif:
Hamkorbank
Ulashish:

Hamkorbank Apple Pay xizmatini ishga tushirdi Hamyoningizdan karta qidirishga vaqt sarflamang! Endi sevimli xaridlaringiz, ertalabki qahvangiz va kutilmagan quvonchlaringiz uchun to‘lov qilish yanada oson — to‘g‘ridan-to‘g‘ri iPhone’ingiz orqali.

Apple Pay nima?

Bu iPhone yordamida kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirishning qulay va xavfsiz usuli. Endi jismoniy kartani yoningizda olib yurish yoki uni hamyondan chiqarish shart emas — kartangizni Apple Pay’ga qo‘shing va smartfoningiz yordamida bir harakat bilan xaridlar uchun to‘lovni amalga oshiring.

Hamkorbank’ning istalgan Visa kartasini bir necha soniyada Apple Pay’ga qo‘shing — iPhone’ingiz tezkor va qulay to‘lovlarga tayyor! Uni kontaktsiz to‘lovni qo‘llab-quvvatlovchi terminalga yaqinlashtiring, zarur bo‘lsa, to‘lovni tasdiqlang — tamom!

Apple Pay’ning zamonaviy himoya texnologiyalari to‘lovlaringiz xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi: to‘lov vaqtida kartaning haqiqiy raqami o‘rniga maxsus noyob token ishlatiladi.

Hamkorbank Visa kartangizni bugunoq Apple Pay’ga ulang va har bir xaridingizda erkinlik, qulaylik hamda zamonaviy to‘lov imkoniyatlaridan bahramand bo‘ling!

Oxirgi yangilanish sanasi: 27.10.2026