mc.yandex.ruyandex

"Hamkorbank" ATB aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi

06 / 08 / 2019

Andijon shahar, Bobur shox ko‘chasi, 85-uy manzili bo‘yicha joylashgan (elektron pochta manzili: muloqot@hamkorbank.uz, veb-sayt: www.hamkorbank.uz) Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki 2019 yil 27 avgust kuni soat 10.00 da Andijon shahar, Bobur shox ko‘chasi, 85-uyda joylashgan Bank binosida aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazadi.

Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 09.00 da boshlanadi.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qilish uchun Aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2019 yil 06 avgust.

Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish xuquqiga ega bo‘lgan Aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2019 yil 21 avgust.


Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:

  1. Bankning 2019 yil 1-chi yarim yillik foydasining bir qismini umumiy zaxira fondiga o‘tkazish to‘g‘risida.

  2. Bankning tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish.

  3. Bank Kengashining yangi tarkibini saylash.

 

Aksiyador - yuridik shaxs aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etishni boshqa shaxsga ishonish huquqiga ega. Bunda aksiyador vakili ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etishi shart.

Aksiyador - jismoniy shaxs pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga, uning vakili esa notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo‘lishi shart.

"Hamkorbank" ATB aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlangan axborot materillar bilan bankning Bosh ofisida tanishish mumkin.

Tel: (74) 298-04-33.

                                                                                             

"Hamkorbank" ATB Kengashi


O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play