Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank» ATB aksiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi
Andijon sh., Bobur shoh ko‘chasi, 85-uy manzili bo‘yicha joylashgan (elektron pochta manzili: muloqot@hamkorbank.uz, veb-sayt: www.hamkorbank.uz) Chet el kapitali ishtirokidagi «Hamkorbank «aktsiyadorlik tijorat banki 2020 yil 30 sentyabr kuni soat 14:00 da Andijon shahar, Bobur shoh ko‘chasi, 85-uyda joylashgan «Hamkorbank» Bosh ofisi binosida aktsiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig‘ilishini o‘tkazadi.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 13:00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qilish uchun Aktsiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2020 yil 04 sentyabr.
Aksiyadorlar yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan Aktsiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2020 yil 24 sentyabr.
Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:
1. Bank Boshqaruvining 2019 yil bank faoliyati yakunlari bo‘yicha hisoboti;
2. Bank Kengashining 2019 yil faoliyati bo‘yicha hisoboti;
3. Bankning 2019 yil faoliyati bo‘yicha bank Taftish komissiyasining xulosasini tinglash;
4. Bankning 2019 yil faoliyati yakunlari bo‘yicha tashqi auditor xulosasini eshitish, bankning 2019 yil yakuni bo‘yicha moliyaviy hisobotlarini tasdiqlash;
5. 2019 yil faoliyati yakuni bo‘yicha bank foydasini taqsimlash;
6. 2019 yil faoliyati yakuni bo‘yicha bankning imtiyozli aktsiyalariga dividend to‘lash;
7. Bankning 2020 yil birinchi yarim yillik foydasining bir qismini umumiy zaxira fondiga o‘tkazish;
8. Bankning majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan xaq miqdorini belgilash;
9. Umidsiz aktivlarni undirish yuzasidan olib borilgan ishlar hisoboti;
10. Yangi tahrirdagi bank Ustavini tasdiqlash;
11. Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;
12. Bank Taftish komissiyasining yangi tarkibini saylash;
13. Bank Kengashining yangi tarkibini saylash;
14. Bank Kengashining 2020 yil uchun xarajatlar smetasini tasdiqlash;
15. Bank Taftish komissiyasining 2020 yil uchun xarajatlar smetasini tasdiqlash;
16. Bank Boshqaruv raisini saylash (shartnomani yana bir yilga uzaytirish).
Aksiyador — yuridik shaxs aksiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig‘ilishida ishtirok etishni boshqa shaxsga ishonish huquqiga ega. Bunda aksiyador vakili ro‘yxatdan o‘tish vaqtida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomani taqdim etishi shart.
Aksiyador — jismoniy shaxs pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga, uning vakili esa notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega bo‘lishi shart.
«Hamkorbank» ATB aktsiyadorlarning yillik umumiy hisobot yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorlangan axborot materillar bilan bankning Bosh offisida tanishish mumkin. Telefon nomer (78) 298−04−33.
«Hamkorbank» ATB Kengashi