mc.yandex.ruyandex

“Hamkorbank” ATB aksiyalarini sotib olishda imtiyozli huquqiga ega bo'lgan aktsiyadorlarga bildirishnoma

23 / 12 / 2019

“Hamkorbank” ATB aksiyadorlari diqqatiga!

"Hamkorbank" ATB Kengashi tomonidan 2019 yil 17 dekabr kuni qabul qilingan qo'shimcha 577 620,427 dona nominal qiymati 5 so'm bo’lgan oddiy aksiyalarining chiqarilishi to'g'risida qarori, O'zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan P0249-23-son bilan ro'yxatdan o'tganligini ma'lum qiladi.

Bank Nizomiga asosan hamda qo'shimcha aksiyalarni chiqarish to'g'risidagi qaroriga muvofiq, "Hamkorbank" aksiyadorlari, oddiy aksiya egalari, egallab turgan oddiy aksiyalar soniga mutanosib ravishda sotib olishda ustunlikka egadirlar. Qo'shimcha aksiyalarni sotib olish huquqi 2019 yil 7 noyabrda shakllantirilgan aksiyadorlar reestrida qayd etilgan,"Hamkorbank" ATB ning oddiy aksiyalar egalari - aksiyadorlarga tegishli.

Imtiyozli huquq ushbu xabar e'lon qilingan kundan boshlab 10 kun davomida amal qiladi.

"Hamkorbank" ATB Kengashining 2019 yil 19 dekabrdagi qaroriga binoan aksiyalarni joylashtirish narxi bir donasi uchun 72,41 so'm miqdorida belgilandi.

Oldindan egalik huquqiga ega bo'lgan aksiya egasi o'z huquqidan to'liq yoki qisman foydalanish huquqiga egadir. Hamkorbank aksiyadorning ismi (nomi) va yashash joyi (joylashgan joyi), u tomonidan sotib olingan aksiyalar soni va unga tegishli bo'lgan hujjatlarni o'z ichiga olgan yozma ariza yuborish orqali, imtiyozli huquq amal qilish davrida taqdim etilishi kerak.

Imtiyozli huquqlarni boshqa shaxsga o'tkazishga yo'l qo'yilmaydi.

Imtiyozli muddat tugashi bilan aksiyalar chegaralanmagan miqdordagi investorlar orasida ochiq obuna orqali joylashtiriladi.

2019 yil 17 dekabrdagi P0249-23-son bilan O'zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan ro'yxatga olingan aksiyalarning qo'shimcha emissiyasi to'g'risidagi qarorning matni bilan Hamkorbank aksiyalarining emissiya prospekti bilan Hamkorbank korporativ veb-saytida tanishish mumkin (www. hamkorbank.uz), Shuningdek Yagona korporativ ma'lumot portali (www.openinfo.uz) yoki "Toshkent" Respublika fond birjasi veb-saytida (www.uzse.uz).

Barcha savollar bo'yicha "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat bankining bosh ofisiga quyidagi manzil bo'yicha murojaat qilishingiz mumkin: 170119, O'zbekiston Respublikasi, Andijon shahri, Bobur shoh ko'chasi, 85 uy, muloqot@hamkorbank.uz.

Murojaat uchun telefonlar: 0 800 1-200-200, 78 298-04-33, 78 298-10-10.

 

«Hamkorbank» АТБ Kengashi

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play