mc.yandex.ruyandex

«Hamkorbank» ATB Bank of New York Mellon (AQSh) bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrespondentlik munosabatlarini o‘rnatdi

20 / 07 / 2020Kichik va o‘rta biznes sub'yektlariga ijobiy sharoitlar yaratish va ularga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida, «Hamkorbank» ATB Bank of New York Mellon bilan korrespondentlik munosabatlarini o‘rnatdi va AQSh dollaridagi korrespondent hisob raqami ochdi.

Dunyoning eng obro‘li moliya institutlaridan birida to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrespondent hisob raqamining ochilishi bank mijozlariga uchinchi banklarga qo‘shimcha komissiya uchun ortiqcha harajat qilmagan holda operativ ravishda va to‘siqlarsiz shaxsiy biznes chegaralarini kengaytirish va yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.

Bundan tashqari bunday korrespondentlik munosabatlari xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish, xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlarini rivojlantirish hamda jaxon moliya bozorida bankning maqomini mustahkamlashga yo‘naltirilgan.

Bank of New York Mellon bankiga 1784 yilda asos solingan bo‘lib, u AQShda birinchi bo‘lib ochilgan banklar qatoriga kiradi, shuningdek, jahondagi 20 eng qadimgi bank sanaladi va dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida o‘z vakolatxonalariga ega. Bugungi kunda Bank of New York Mellon aktivlari hisobiga ko‘ra dunyodagi eng yirik investitsion kompaniyalardan hisoblanadi.

Bugungi kunda «Hamkorbank» ATB Kommertsbank AG (Germaniya), Rayffayzen bank AG (Avstriya), Kukmin bank (Janubiy Koreya), China Industrial Bank Co., LTD (Xitoy) va boshqa xalqaro moliya institutlari bilan korrespondentlik munosabatlarini yo‘lga qo‘ygan.

Korrespondent banklarning to‘liq ro‘yxati bilan havola orqali tanishishingiz mumkin https://hamkorbank.uz/uz/financial-institutions/correspondent-relationship.

O'z mablag'ingiz ustida nazorat qulayligi

HAMKORilovasida 5 000 000 so‘mgacha
o‘tkazmalar bepul

app-store google-play
Bir vaqtni o'zida bir nechta kartalarni boshqarish

HUMO kartasini bepul yetkazib berishga
buyurtma bering

app-store google-play
Omonatlarni onlayn tarzda rasmiylashtirish

Har bir o‘tkazma va to‘lov uchun
fiskal chek oling

app-store google-play
To’lovlarni uyingizdan chiqmasdan amalga oshiring.

VISA Classic kartasini ilovada
bepul rasmiylashtiring

app-store google-play